Pandemiyaga qarshi kurashish Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko'ra, “yashil” hududga kiritilgan shahar va tumanlarga qo'yiladigan talablardan kelib chiqib, joriy yilning 5 iyun` kuni Termiz arxeologiya muzeyi tomoshabinlar uchun karantin qoidalariga rioya qilgan holda ish faoliyatini boshladi. Muzeyga kirish qismida belgilangan tartibda tomoshabinlarning tana harorati o'lchanib, antiseptik vositalari bilan dezinfektsiya qilinib hamda 2 metr oraliq masofani saqlagan holda muzey bo'ylab sayohat qilmoqdalar. Bundan tashqari muzeyda sanitariya gigiena qoidalariga rioya qilgan holda ish faoliyatini boshladi. Muzeyga kirish qismida belgilangan tartibda tomoshabinlarning tana harorati o'lchanib, antiseptik vositalari bilan dezinfektsiya qilinib hamda 2 metr oraliq masofani saqlagan holda muzey bo'ylab sayohat qilmoqdalar. Bundan tashqari muzeyda sanitariya gigiena qoidalariga qat'iy rioya etish bo'yicha ko'rgazmali targ'ibot materiallari o'rnatilgan. Vohamiz aholisini muzeyga taklif qilib qolamiz


2020-yil 18-may “Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan Termiz arxeologiya muzeyida ilg'or ishchilarni taqdirlash bo'lib o'tdi. So'zga chiqqanlar kasb bayrami bilan muzey xodimlarini qutlashdi.





2020 yilning 11 may kuni Termiz arxeologiya muzeyiga huquqni muhofaza qilish organi tomonidan Boysun tumanining Darband YPX maskanida qo'lga olingan o'n sakkiz dona turli davrlarga oid bo'lgan kumush va misdan zarb qilingan nodir tangalar muzey fondiga topshirildi. Hozirda muzey xodimlari tomonidan ushbu tangalar korroziyadan tozalanib, ilmiy jihatdan o`rganilmoqda.

Chop etilgan vaqti: 08.06.2020