Bu oddiy kunlar emas. Bu — fikrlar uyg‘onadigan, tashabbuslar tug‘iladigan, tarix va kelajak tutashadigan 90 kun.
Termiz arxeologiya muzeyida bu kunlar boshqacha kechmoqda:
Muzey eksponatlari endi nafaqat tarix haqida so‘zlayapti, balki yoshlarga ilhom bag‘ishlamoqda!
Maktab o‘quvchilari uchun o‘tkazilayotgan sayohatlar – bu faqatgina ekskursiya emas, bu – ko‘z bilan tarixga tegish, yurak bilan qadriyatni his qilish!
Har bir buyum – ming yillik hikoya.
Har bir qadam – kelajak sari yurilgan qadimiy izlar.
Kelajakni bunyod etmoqchimisiz? Unda o‘tmishni ko‘ring, o‘rganing, anglang!
“Dolzarb 90 kun” — bu faqat loyiha emas. Bu – o‘zligini eslash fasli.
Siz ham bu tarixiy sayohatga qo‘shiling.
Muzey sizni kutmoqda – kecha va bugunning tutashgan nuqtasida!




