Termiz Arxeologiya Muzeyi
SAHIFA YUKLANMOQDA
Noyabr 21, 2025

Termiz arxeologiya muzeyining ko‘rgazma zalida “Milliy merosga mening hissam” aksiyasi doirasida aholi vakillari tomonidan hadya qilingan tarixiy ashyolar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir mahalliy tarixiy merosni asrash, jamiyatda madaniy xotirani mustahkamlash hamda kelajak avlodga haqqoniy ma’naviy-badiiy boylikni yetkazish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida alohida ahamiyat kasb etdi.
Tadbir davomida Termiz arxeologiya muzeyi xodimlari har bir eksponatning kelib chiqishi, tarixiy davri, topilgan hududi hamda ilmiy ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar taqdim etdilar. Mazkur loyiha nafaqat muzey fondlarini boyitish, balki aholida milliy merosga daxldorlik hissini kuchaytirish, o‘z yurtining o‘tmishiga hurmat va g‘urur tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qildi.