Termiz Arxeologiya Muzeyi
SAHIFA YUKLANMOQDA
Dekabr 01, 2023

Joriy yilning 1-dekabr kuni Termiz arxeologiya muzeyi ko‘rgazma zalida “Milliy merosga mening hissam” aksiyasi doirasida aholi vakillaridan xarid qilingan va hadya qilingan ashyolar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-mayda qabul qilgan “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida e’lon qilingan “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi doirasida davlat muzeylariga madaniy boyliklarni, shu jumladan, mustaqillik yillarida yaratilgan, yuksak badiiy qiymatga ega bo‘lgan tasviriy va amaliy san’at asarlarini xarid qilish, madaniy boyliklarni aniqlash va har yili davlat muzeylarida aholidan xarid qilib olingan madaniy boyliklar ko‘rgazmasini tashkil etish yuzasidan berilgan topshiriq ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘tkazildi.

Ko‘rgazmada, Termiz arxeologiya muzeyi tomonidan “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi doirasida  aholidan xarid qilib olingan  va hadya qilingan bir qator noyob ashyolar namoyish etildi.

Xususan eksponatlar orasidan,

–        Boysun tumani Gazak qishlog‘idan topilgan Ilk o‘rta asrlar davriga oid haykalcha va sopol idishcha,

–        I-III asrlarga oid haykalcha

–        O‘rta asrlarga oid metal buyumlar

–        Sopol haykalchalar,

–        Sopol haykalchalar tayyorlash uchun ishlatilgan sopol qolip

–        Sopol muxrlar

–        O‘rta asrlarga oid Isiriqdon

–        Qadimiy Xumning yuqori qismi

–        Turli davrga oid ko‘zalar

–        Yung yigirishda va gilam to‘qishda ishlatiladigan buyumlar  o‘rin olgan.

Ushbu ashyolar kelgusida muzey tomonidan tashkil etilishi rejalashtirilgan muzey ekspozitsiyasini boyitishga xizmat qiladi.