Termiz Arxeologiya Muzeyi
SAHIFA YUKLANMOQDA
Fevral 28, 2024

2024-yil 15 –16-fevral kunlari Termiz arxeologiya muzeyida arxeologiya va madaniy merosni asrash borasida O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligining 35 yilligi hamda “Janubiy O‘zbekiston qadimiyotlari” albomining nashr etilganiga 33 yil to‘lgani munosabati bilan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Madaniy meros agentligi, viloyat hokimligi, Yaponiyaning Soka universiteti, Termiz arxeologiya muzeyi hamda Termiz davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada yapon faylasufi Daysaku Ikedaning hayot yo’li, O’zbekiston-Yaponiya xalqaro ekspeditsiyaning Surxon vohasidagi buddaviylik yodgorliklarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlari natijalari haqida soʻz bordi.

Konferensiyada O’zbekiston, Yaponiya, Tailand, Italiya va Gretsiyaning yetuk arxeolog olimlari ma’ruza qildilar.