Termiz Arxeologiya Muzeyi
SAHIFA YUKLANMOQDA
Fevral 07, 2025

2025-yil 6-fevral kuni Termiz arxeologiya muzeyida so’z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan «Alisher Navoiy adabiy merosining jahon tamaddunida tutgan o’rni» nomli tadbir tashkil etildi. Tadbirda Termiz shahridagi 26-sonli umumta’lim maktabining 2-sinf o’quvchilari ishtirok etishdi. Tadbir davomida o‘quvchi yoshlar tomonidan sahna ko‘rinishlari va raqslar tashkil etildi.