Termiz Arxeologiya Muzeyi
SAHIFA YUKLANMOQDA
Iyul 29, 2025

Termiz yaqinida joylashgan Ayritom shaharchasidan topilgan bu nodir san’at asari 1932–1933-yillarda arxeolog M.Ye. Masson tomonidan aniqlangan. Friz – marmarsimon ohak qorishmasidan yasalgan bo‘lib, qadimgi budda ibodatxonasini bezab turgan.

Olimlarning fikriga ko‘ra, bu san’at asari eramizning I–II asrlariga tegishli.

Ayollarning tashqi qiyofasi Baqtriya etnik turiga mansub. Ular “samoviy musiqachilar” deb nomlanib, budda ta’limotidagi “besh buyuk ovoz” (pancha maxashabda) timsoli sifatida talqin etiladi.

Frizdagi musiqa asboblari — qadim yunon, hind, Sharqiy Turkiston va mahalliy madaniyatlarning uyg‘unlashgani ko’zga tashlanadi.
Bu friz – Sharq va Yunon madaniyati sintezining yorqin namunasi, bizning madaniy merosimiz durdonasidir!