Termiz Arxeologiya Muzeyi
SAHIFA YUKLANMOQDA
Iyul 29, 2025

Yurtimizning boy tarixiy va madaniy merosini, arxeologik yodgorliklarini jahon hamjamiyatiga keng targ‘ib etish maqsadida Turizm qo‘mitasi tomonidan nufuzli xalqaro ommaviy axborot vositalari va nashrlar vakillari uchun maxsus turlar tashkil etilmoqda.

Shu doirada Janubiy Koreyaning mashhur «Move» («Harakat») jurnali jurnalist va fotomuxbirlari uchun Surxondaryo viloyatiga infotur uyushtirildi. Mehmonlar Fayoztepa, Qoratepa, Kampirtepa, Zurmala kabi noyob arxeologik obyektlar, Termiz arxeologiya muzeyi hamda muzey-qo‘riqxona faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

– O‘zbekistonga safimiz davomida bir necha viloyatlarda bo‘ldik. Ammo turli din va madaniyatlarga oid tarixiy yodgorliklarni o‘zida mujassam etgan Surxondaryo bizda beqiyos taassurot qoldirdi. Bu yerda olingan suratlar asosida alohida fotokitob tayyorlashni rejalashtiryapmiz,
– deydi jurnalning ijodiy direktori Cho Min Gu.

Koreyalik jurnalistlar tashrifdan katta ta’sirlangan holda, kuz faslida yana Surxondaryoga tashrif buyurish niyatida ekanliklarini ma’lum qildilar.