Termiz Arxeologiya Muzeyi
SAHIFA YUKLANMOQDA
Iyul 11, 2025

“Adolat – taraqqiyot garovi. Korrupsiya esa uning eng xavfli dushmani.”

Termiz arxeologiya muzeyida korrupsiyaga qarshi kurashga bag‘ishlangan navbatdagi targ‘ibot-tashviqot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda halollik, poklik, qonun ustuvorligi va fuqarolik pozitsiyasi haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Prezidentimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylantirilgani bejiz emas. Bu yo‘lda nafaqat davlat organlari, balki har bir fuqaro, har bir tashkilot vakili o‘z hissasini qo‘shishi zarur.

Tadbir davomida quyidagilar alohida ta’kidlandi:
✔️ Halollik – yuksak fazilat
✔️ Adolat – barqaror taraqqiyot asosi
✔️ Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash – barchamizning burchimiz

Termiz arxeologiya muzeyi jamoasi bu borada doimo faol bo‘lib, yosh avlodga halollik va vatanparvarlik ruhini singdirishda davom etadi.