Termiz Arxeologiya Muzeyi
SAHIFA YUKLANMOQDA
Dekabr 22, 2023

Termiz arxeologiya muzeyida “Milliy merosga mening hissam” umumxalq aksiyasi doirasida aholi vakillari tomonidan 2023-yil hisobi bo‘yicha 43 ga yaqin turli davrlarga oid noyob shyolar va san’at asarlari taqdim etildi.  Ushbu aksiya doirasida yig‘ilgan eksponatlarning ko‘rgazmasi 1-dekabr kuni tashkil etildi.

Tegishli qarorga muvofiq mahalliy budjed mablag‘lari hisobidan ushbu aksiyani o‘tkazish uchun 50 mln. so‘m ajratildi. 2023-yilning 1-dekabr sanasiga ko‘ra 50 mln. so‘m evaziga 27 dona turli davrlarga oid noyob ashyolar va san’at asarlari sotib olingan. Yil boshidan buyon aholi vakillari tomonidan 16 dona turli davrlarga oid ashyolar hadya sifatida muzeyga taqdim etildi.

Ma’lumot uchun, ushbu aksiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq muntazam ravishda o‘tkazib kelimoqda. 

Termiz arxeologiya muzeyi aksiyada ishtrok etgan vatandoshlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.