Termiz Arxeologiya Muzeyi
SAHIFA YUKLANMOQDA
Iyul 30, 2025

🗓 2025-yil 30-iyul kuni Termiz arxeologiya muzeyida muzeyimizda yoshlar uchun «Qo‘lda Tug‘ilgan San’at» nomli mahorat darsi tashkil etildi! 🏺

🔹 Tadbir davomida muzey xodimlari ishtirokchilarga qadimgi davrlarda sopol buyumlar qanday yaratilganini, ularning shakllanish jarayoni va madaniy ahamiyatini qiziqarli tarzda tushuntirib berdilar. Yoshlar esa o‘zlarini go‘yoki o‘tmish hunarmandlari kabi his qilib, tarixning nafasini jonli his etishdi.

✨ Bu mahorat darsi yoshlarda katta qiziqish, tarixga bo‘lgan mehru ehtiros va ijodiy ilhom uyg‘otdi. Ular nafaqat qadimgi madaniyatni angladilar, balki uni his qilish imkoniga ega bo‘lishdi.

📸 Tadbirning yorqin lahzalari muzey tarixining yana bir sahifasiga aylandi.