2025-yil 22-iyul kuni Termiz arxeologiya muzeyida yangi diniy va ma’naviy adabiyotlar taqdimotiga bag‘ishlangan ilmiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga zamonaviy nashrlardagi diniy-ma’naviy kitoblar, ularning ilmiy asoslari, tarbiyaviy va axloqiy ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Tadbir mehmonlari va ishtirokchilari uchun mazmunli suhbatlar, kitoblar bilan tanishuv va ma’naviy muloqot maydoni tashkil etildi.



