Termiz Arxeologiya Muzeyi
SAHIFA YUKLANMOQDA
Iyun 24, 2019

2019 yil 24 iyun kuni Termiz arxeologiya muzeyi tomonidan Surxondaryo viloyat mudofaa ishlar boshqarmasi huzuridagi “Chaqiriluvchilarni xarbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash” markazida «Arxeologik qazishmalar jarayoni – foto ko‘rgazmalarda» nomli ko‘chma ko‘rgazma tashkil etildi.

Tadbirni muzey ilmiy kotibi I.Zoirova kirish so‘zi bilan ochib berdi va tadbir ishtirokchilariga Termiz arxeologiya muzeyi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi. Shundan so‘ng, muzey “Noshirlik va axborot texnologiyalarini yuritish” bo‘lim mudiri A.Raxmadullayev markaz chaqiriluvchilariga Surxondaryo viloyatining arxeologik yodgorliklari, ulardagi qazishma jarayonlari haqida foto-materiallardan foydalanib ma’lumotlar berdi. Tadbir davomida, arxeologik qazishmalar jarayonida topilgan sopol buyumlar ishtirokchilarga namoyish etildi. Muzey “Harakatdagi ko‘rgazmalar” bo‘lim mudiri S.Abdudayeva tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi. Tadbirda o‘z savollari bilan faol ishtirok etgan chaqiriluvchilarga muzey tomonidan bukletlar sovg‘a qilindi. Tadbir so‘ngida, “Chaqiriluvchilarni xarbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash” markazi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari O.Gulmatov so‘z olib, hamkorlikda tashkil etilgan tadbir uchun Termiz arxeologiya muzeyi xodimlariga minnatdorchilik bildirdi. Muzey xodimlari tomonidan O.Gulmatovga esdalik sovg‘asi topshirildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, ishtirokchilarda yaxshi taassurotlar qoldirdi.

Fikr bildirish