Termiz Arxeologiya Muzeyi
SAHIFA YUKLANMOQDA
Buddaviylik dini rohiblari Termiz arxeologiya muzeyida
Iyun 02, 2019

Surxon vohasi nafaqat o‘zining Teshiktosh, Machay g‘orlari, Zarautsoy darasi, Sopollitepa va Jarqo‘ton qabi arxeologik yodgorliklari bilan balki, Fayoztepa, Qoratepa, Zo‘rmola singari buddaviylik ibodatxona va monastrlari bilan ham dunyoga mashhurdir. Har yili viloyatimizga minglab xorijlik sayyohlar tashrif buyurishadi. Sayyohlar ichida Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Koreya va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlaridan keluvchilar ko‘pchilikni tashkil etib, ular asosan voxadagi buddaviylik yodgorliklarini ko‘rish va ziyorat qilish maqsadida kelishadi.

Joriy yilning 08 iyun kuni Termiz arxeologiya muzeyiga “Markaziy Osiyo buddaviylik merosi bilan tanishish” dasturi doirasida Tayland qirolligidan 10 nafar buddaviylik dini rohiblari va olimlari tashrif buyurishdi. Tashrif buyurgan mehmonlarga muzey katta ilmiy xodimi t.f.n T.J.Annayev hamrohlik qilib dastlab, muzey va undagi eksponatlar bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng, Sayyohlar Fayotepa, Qoratepa, Zo‘rmola, kabi buddaviylik yodgorliklari va ibodatxonalarini ziyorat qilishdi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.