Termiz Arxeologiya Muzeyi
SAHIFA YUKLANMOQDA
Buddaviylik ta’limotining paydo bo‘lishi va tarqalishi
Fevral 02, 2019

Buddizm tarixi tadkiqotchilari mavjud manbalar asosida bu oqim asoschisi real tarixiy shaxs ekanligini ta’kidlaydilar. Bu ta’limot to‘g‘risida xabar beruvchi adabiyotlarda u Siddxartxa, Gautama (Gotama), Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djina, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etiladi. Bu ismlar ma’nolari kuyidagicha: Siddxartxa — shaxsiy ism, Gautama — urug‘ nomi, Shakyamuni — «Shakya kabilasidan chiqqan donishmand», Budda — «nurlangan», Tadxagata — «shunday qilib, shunday ketgan», Djina — «g‘olib», Bxagavan — «tantana kiluvchi». Ular ichida eng mashxuri «Budda» bo‘lib, shundan ushbu dinga buddizm nomi berilgan.

Bizgacha Buddaning bir necha biografiyalari yetib kelgan: «Maxavostu» milodning II asrida yozilgan, «Lalitavistara» milodning II—III asrlarida yuzaga kelgan, «Buddxacharita» buddist faylasuflardan biri Ashvagxosha tomonidan milodning I-II asrlarida yaratilgan, «Nidanakatxa» —milodning I asrida yozilgan va «Abnixishkramansutra». Mazkur biografiyalarda Buddaning qaysi yillarda yashaganligi turlicha berilgan. Ularda mil. avv. IX — III asrlar oralig‘idagi har xil muddatlar ko‘rsatiladi. Rasmiy xisobga ko‘ra, Butama-Budda mil. avv. 623 yilda tug‘ilib, 544 yilda vafot etgan. Birok, ko‘pchilik tadkiqotchilar uning tavalludi mil.avv. 564 yilda, vafoti esa 483 yilda deb xisoblaydilar. Ba’zan 560 va 480 deb yaxlit sonlar bilan ko‘rsatadilar.

Aytish joizki, yukorida zikr kilingan biografiyalarda Buddaning xaqiqiy xayoti bilan uning hakidagi afsonalar o‘zaro qorishib ketgan. Siddxartxa Shakya kabilasining podshoxdaridan biri Shuddxodananing ug‘li edi. Uning saroyi Xiimolay tog‘lari etagida Kapilavasti degan shaharda bo‘lgan (xozirgi Nepal xududida). Onasi — malika Mayya. Podshoh ug‘lini orzu-xavaslar og‘ushida tarbiyalab, uni xech bir kamchiliksiz katta kiladi. Siddxartxa ulg‘ayib qo‘shni xukmdorlardan birining kizi Yashadxaraga uylanadi va ug‘il ko‘rib, unga Raxula deb ism qo‘yadi. Hech bir kiyinchilik va kamchilik kurmay o‘sgan bola Siddxartxa bir kuni ittifoko bir keksa chol, bir bemor xamda og‘ir mashaqqat tortayotgan rohibni uchratadi, bir kishining esa vafotiga guvoh bo‘ladi. Bundan qattiq ta’sirlangan shahzoda insoniyatni kiyinchilik va azobdan qutqarish yullarini izlash uchun saroyni tashlab ketadi. Bu vaqtda u 30 yoshda edi. U beshta rohib bilan kishlokma-qishloq kezib yuradi.

Shu asnoda Siddxartxa bir narsaga amin bo‘ldi: bu yul uni o‘z oldiga kuygan maksad, ya’ni insoniyatni azob-uqubatdan qutkarish sari olib bormaydi va u rohiblar jamoasidan ajraladi. Birmuncha vaqt changalzor o‘rmonlarda kezib xorib charchagach, bir daraxtning tagida dam olish uchun o‘tiradi va o‘zicha, to xaqiqatni topmaguncha shu yerdan turmaslikka qaror qiladi. Bu o‘tirishning 49 kuni uning qalbidan «Sen xaqiqatni topding» degan sado keladi. Shu paytda uning ko‘z oldida butun borliq namoyon bo‘ladi. U xamma joyda shoshilish, qayoqqadir intilishni ko‘radi: xech bir joyda osudalik yuq edi. Xayot nihoyasiz uzoqlikni ko‘zlab o‘tib ketayotgan edi. Inson aqli yetmas bir kuch Trishna — yashash, mavjud bo‘lish umidi barchaning tinchini buzar, xalok qilar va yana qayta yaratar edi. Mana endi Budda kimga qarshi kurashish kerakligini angladi. Shu ondan u Budda- nurlangan deb ataldi. U tagida o‘tirgan daraxt esa-nurlangan daraxt (botxa) deb atala boshladi. Budda o‘zining birinchi da’vatini Varanasi yaqinidagi Rishipatana bog‘ida o‘zining besh rohib do‘stlariga kildi va ular Buddaning birinchi shogirdlari buldilar.

Buddizm — dunyodagi eng yirik dinlar ichida kadimiylaridan biri hisoblanib, mil. av. VI — V asrlarda Xindistonda vujudga kelgan. Bu dinga e’tikod kiluvchilar, asosan Janubiy, Janubi-Sharkiy va Sharkiy Osiyo mamlakatlari: Shri-Lanka, Hindiston, Nepal, Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya, Indoneziya, Mongoliya, Koreya, Vetnam, Yaponiya, Kambodja, Birma, Tailand, Laosda va qisman Yevropa va Amerika kit’alarida, Rossiya Federatsiyasining Tuva, Buryatiya, Kalmikston respublikalarida istikomat kiladilar. Xozirgi kunda e’tikod kiluvchilar soni jihatidan buddizm xristianlik, islom va xinduizmdan so‘ng to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Buddistlarning soni taxminan 700 mln. atrofida bo‘lib, ulardan 1 mln. ga yaqini rohiblardir! Buddizm bundan 2500 yildan avvalrok Xindistonda diniy-falsafiy ta’limot sifatida vujudga kelib, unda ko‘plab diniy manbalar va diniy yunalishlar mavjud. Buddizm turli milliy va diniy an’analar bilan kelishuvchanligi sababli ko‘p millatlar tomonidan keng kabul kilindi. Buddizm xayotning barcha sohalari: diniy, madaniy, siyosiy va iktisodiy katlamlariga kirib bordi. Qadimgi Baqtriya hududlariga bu din milodiy I asr boshdarida kirib keldi. Eski Termizda ko‘plab buddaviylik ibodatxonalari barpo bo‘ldiki bu dinning yuksalishi, tarqalishi ayni Eski Termiz bilan bog‘liq. Eski Termizda o‘ndan oshiq buddaviylik ibodatxonlari mavjud bo‘lgan ularning ayrimlarigina saqlanib qolgan bo‘lib hali-hanuz ushbu tarixiy qadamjolar insoniyatni hayratga solib kelmoqda ana shunday obidalardan biri Qoratepa buddaviylik ibodatxonasidir. Mazkur inshoot milodiy I-III asrlar.

Eski Termizning shimoliy – sharqiy qismida joylashgan. Dastlab 1926 – 1928 – yillarda Moskvadagi Sharq xalqlari madaniyati davlat muzeyi ekspeditsiyasi tomonidan o‘rganildi. 1937 yilda M.Ye. Masson va Ye.G. Pchelina tomonidan tekshirish ishlari olib borildi. 1960 yillarda arxeolog B.Ya.Staviskiy qazish ishlarini olib borgan. Hozirda O‘zbekiston – Yaponiya qo‘shma arxeologik ekpeditsiyasi ish olib bormoqda. Umumiy maydoni 8 ga. dan ziyod. Qoratepadan topilgan bag‘ishlov bitiklari bo‘lgan sopollarda Qoratepadagi ayrim majmualar Kxadevakavixara – monastiri, Vxara Gulavxara vxad – Gulavxara o‘g‘li (Gondafar) vixarasi, Okvixara deb nomlangan. Qoratepa bitiklarida roxilardan Buddashir, Buddxamitra, Jivananda ismlari eslatilib o‘tilgan. Boy erkak va ayol homiylar qiyofasi rasmlarda hamda haykallarda saqlanib qolgan. Qoratepadan ko‘plab budda haykallari topilgan. Topilmalar ichida 70 dan ortiq sopol idish siniqlariga xindcha bitilgan yozuvlar (kxaroshti va braxma yozuvlari) va devorlarga chizilgan kushon – Baqtriya hamda fors – paxlaviy yozuvlar xarakterlidir.

Aynan Qoratepa va Fayoztepa ibodatxonalarida shimoliy Baqtriyaning ko‘pchilik shahar va qishloqlar aholisi kelib sajda qilishgan. Ibodathonalarning birida Buddaning loydan ishlangan katta haykali va stupaning tag qismi nilufar gulining yaproqarlari bilan bezatilgan. Qoratepadan topilgan stupalar buddizmga hos inshoot bo‘lib, u budda dini tarqalgan barcha mamlakatlarda uchraydi. Bunday stupalar asosan bir hil usulda tayorlangan. Stupalarning asosi to‘rtburchak yoki shunga yaqin bo‘lib, bir necha metrga yetgan. Ctupa usti gumbazsimon qilib ishlangan va unga yog‘ochdan yoki toshdan yasalgan bir nechta soyabon bo‘lgan. Bunday soyabon buddaviylarda chatra deb atalgan. Buddaviylarning hisoblashicha, chatra muqaddas daraxt ramzi bo‘lib mazkur daraxt soyasida Budda o‘z diniy nazariyalarini ishlab chiqqan ekan. Qoratepa ibodatxonalarining devorlarida ham diniy mazmundagi rasmlar aks ettirilgan bo‘lib, hususan bu yerda Buddaning tasviri ham bo‘gan.

Eski Termizga Kushonlar podsholigi hukmronligi davrida kirib kelgan. Milodiy I asr oxirlarida-Xitoyga undan so‘ng IV asrda Koreya, VI acda Yaponiya, VII asrda Tibet, XIII-XVI asrlarda Mongoliya, XVII-XVIII asrlarda Buryatiya va Tuva, XIX-XX asrlarda esa Amerika va Yevropa kit’alariga kirib borgan. Sharqiy Osiyo davlatlariga tarqalishida Eski Termizning alohida o‘rni bor. Buddizm ta’limoti bir qator kitoblar shakliga keltirilgan to‘plamlarda bayon kilingan. Ulardan eng asosiysi Tripitaka (yoki Tipitaka) — «uch savat» ma’nosini anglatadi. U uch kismdan iborat bo‘lganligi uchun shunday nom bilan atalgan. Bu manbaning kulyozma nusxasi Shri Lankada saklanib kolgan. U milodning boshlarida kitob shakliga keltirilgan. Ular Budda targibotining hakikiy bayoni hisoblangan sutra matnlari Sutra-pitaka, rohiblik axloqi, xonaqohlar nizomlariga bag‘ishlangan vinaya matnlari Vinaya-pitaka, buddizmning falsafiy va psixologik muammolarini bayon kilib berishga bag‘ishlangan abxidxarma matnlari — Abxidxarma-pitaka iborat. Keyinchalik shakllangan sanskrit, Xitoy, Tibet, Kxmer va Yapon tillaridagi buddizmga oid adabiyotlar ancha keng tarkalgan, ammo ularning ilk buddizm tarixi uchun ahamiyati ozrok Budda hayotiga tegishli rivoyatlarning asosiysi Tripitakada jamlangan.

Raxim XUDOYBЕRDIYEV Termiz arxeologiya muzeyi ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Fikr bildirish

Your email address will not be published.