Termiz Arxeologiya Muzeyi
SAHIFA YUKLANMOQDA
Muzey madaniyat va ma’rifat o‘chog‘i
Mart 19, 2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 19 mart kuni “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnalogiyalari, kitob o‘qishga qiziqishni oshirish to‘g‘risida” videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Unda davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan bo‘lib, ushbu tashabbuslar bo‘yicha Termiz arxeologiya muzeyida “Yosh arxeolog” to‘garagi tashkil etilgan bo‘lib, turli yoshdagi ertamiz egalarini qamrab olgan. Joriy yilning 10 iyun kuni Termiz davlat universtiteti Tarix fakulteti “Islom tarixi va manbashunoslik” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich 205 guruh talaba yoshlari ishtirokida muzeyning majlislar zalida “Yosh arxeolog” to‘garagi tashkil etildi. Mazkur to‘garakni muzeyning ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari R.Xudoyberdiyev olib bordi. To‘garakga jami bo‘lib, 26 nafar talabalar ishtirok etdi. Shundan so‘ng, “Noshirlik va axborot texnologiyalarini yuritish” bo‘limi mudiri A.Raxmadullayev muzey bo‘ylab ekskursiya o‘tdi.

Termiz arxeologiya muzeyida tashkil etilgan “Yosh tarixchi”, “Yosh arxeolog” va “Yosh numizmatik” to‘garaklariga vohamizning barcha kiziquvchi yoshlarini taklif etamiz. To‘garaklar jadvali quyidagicha:

“Yosh arxeolog” – Dushanba kuni 11:00

“Yosh tarixchi” – Seshanba kuni soat 11:00

“Yosh numizmatik” – Juma kuni soat 12:00

Fikr bildirish

Your email address will not be published.